“Xanifaxonim nabiralari” sport to‘garaklarida chiniqmoqda

15:51 15 Oktyabr 2021 Jamiyat
781 0

Qarshi shahri Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yaqinda ochilgan 150 o‘rinli “Xanifaxonim nabiralari” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlar uchun badiiy ginastika va boks to‘garaklari tashkil qilindi.

Tadbirkor Bekzod Mannonov tashabbusi bilan yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan MTMda kichkintoylar ingliz va rus tillari, mental arifmetika, xoreografiya, rasm chizish hamda mohir qo‘llar to‘garaklarida iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratildi.

-“Xanifaxonim nabiralari”  tarbiyalanuvchilari safida nabiram ham bor,- deydi  qarshilik Dilbar Ochilova. –Bu zamonaviy bog‘chada turli to‘garaklar, logoped va psixolog xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani bizni quvontirdi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishi qo‘shaloq bayramga aylandi. Shu kuni tadbirkor Bekzod Mannonov 20 nafar boquvchisini yo‘qotgan bolaning sunnat to‘yini o‘tkazib berdi. To‘y bolalarga qimmatbaho sovg‘a-salomlar hadya qilindi, kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulandi.

 

            Faxriddin BOZOROV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер