Xalqaro Jeneva avtosalon koʻrgazmasi bir yilga qoldirildi

22:38 08 Oktyabr 2021 Dunyo
922 0

2022-yilda Jeneva (Shvetsariya)da boʻlib oʻtadigan Xalqaro avtosalon koʻrgazmasi 2023-yilga qoldirildi. Bu haqda “Uzauto Motors” AJ koʻrgazma tashkilotchilarining shu xususdagi xabarlari asosida maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, tadbir tashkilotchilari bu haqda rasmiy sayt orqali maʼlum qilib, ushbu qaror sabablarini keltirib oʻtishgan. Bayonotda aytilishicha, “COVID-19” pandemiyasi bilan bogʻliq muammolarning butun avtomobilsozlik sanoatiga koʻrsatgan taʼsiri sababli Xalqaro avtosalon koʻrgazmasining doimiy komiteti 2023-yilga koʻchirishga majbur boʻlishdi”.

Tashkilotchilar tadbir bekor qilinishining asosiy sababi sifatida pandemiyani koʻrsatishmoqda. Bir tomondan, koronavirus sababli mamlakatlar oʻrtasida aloqalar qiyinlashdi. Boshqa tomondan esa pandemiya tufayli yuzaga kelgan uzilishlar yarimoʻtkazgich va chiplar yetishmovchiligini yuzaga keltirdi. Koʻrgazma tashkilotchilari avtomobil ishlab chiqaruvchilar aynan mana shu muammoni birinchi navbatda hal qilishi kerak, deb hisoblashadi.

“Pandemiya holatining nazoratga olinmaganligi Xalqaro Jeneva avtosalon kabi keng miqyosli koʻrgazmani xavfga qoʻydi. Ammo biz bu qarorni qoldirish bilan emas, kechiktirish bilan koʻrib chiqamiz”, — deydi avtosalon doimiy komiteti prezidenti Moris Turrettini.

Maʼlumot oʻrnida, 1905-yilda birinchi Jeneva avtosalon koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan. 1923-yildan beri har yili oʻtkaziladi (1940 — 1946-yillar bundan mustasno). 2019-yil 7 — 17-mart kunlari boʻlib oʻtgan 89-Jeneva xalqaro avtomobil koʻrgazmasi hozirda eng oxirgi boʻlib turibdi. 2020-yildan boshlab pandemiya tufayli koʻrgazma bekor qilingan.

Xalqaro Jeneva avtosalon koʻrgazmasi — har yili oʻtkaziladigan Yevropa A klassiga mansub yagona koʻrgazma boʻlib, jahonning yetakchi avtomobil brendlari yangi avtomobil taqdimotini oʻtkazadigan asosiy maydonlardan biridir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер