Xalqaro kuzatuvchilar Qoraqalpogʻistonda

00:57 19 Oktyabr 2024 Jamiyat
379 0

Gʻ.Otajonov/«Xalq soʻzi». Bugun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari boʻyicha byurosidan uzoq muddatli kuzatuvchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida boʻlib, komissiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xalqaro kuzatuvchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ziyuatdin Kamalov kutib oldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi bilan YEXHT DIIHB missiyasi rahbari Ueyk Duglas, byurodan saylovlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan uzoq muddatli kuzatuvchilar koordinatori Yasmina Frakassetti, uzoq muddatli kuzatuvchilar Karl Petersen, Rudolf Mattias Fredrix Dr.Sakenxaym muloqot oʻtkazildi.

Muloqot chogʻida mehmonlarga joriy yil 27-oktyabrda mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlari oʻtkazilishi va uning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, muloqot davomida kuzatuvchilar missiyasi vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javoblar olishdi. Xususan, joylardagi saylov komissiyalarining saylovlargacha oʻquv seminarlarda ishtirok etganligi, tajribalari, shu bilan birga Qoraqalpogʻistonning chekka tumanlarida saylovchilar soni va saylovni oʻtkazishga koʻrilayotgan tayyorgarliklar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Muloqot yakunida YEXHT DIIHB missiyasi rahbari Komissiya raisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер