Xalqaro kuzatuvchilar 1-Qoraqalpog‘iston okrug komissiyasi faoliyati bilan tanishdi
Foto: Xalq so'zi
Mamlakatimizda shu yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayon «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Mazkur jarayonlarning ochiq, va oshkora o‘tishida xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar institutining o‘rni muhim.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari byurosidan Piter Uolberg (Shvesiya) va Irmeli Mariya Viyeno (Finlandiya) uzoq muddatli kuzatuvchilar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
- Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvda mehmonlarga Qoraqalpog‘istonda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug komissiyasi raisi U.Jalmenov. Xususan, Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Respublikasi referendumini 1-Qoraqalpog‘iston okrugi faoliyat yuritayotgani hamda uning hududida 653 uchastka tuzilganligi, tegishli tartibda mazkur uchastkalarga 7 ming 931 nafar komissiya a’zolari tasdiqlangani barcha hududlarda siyosiy jarayongan kalendar rejaga muvofiq tayyorgarlik ishlari davom qilayotgani haqida ma’lumotlar berdik.
Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari a’zolariga qo‘yiladigan talablar, ularning tajribalarini oshirish maqsadida tashkil qilingan o‘quv seminarlari, uchastkalarda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, muddatidan oldin ovoz berish tartibi, ovoz beruvchilarning elektron ro‘yxatini tuzish kabi ma’lumotlar bilan qiziqdi va savollariga to‘liq javoblar oldi.
Xalqaro kuzatuvchilar 1-Qoraqalpog‘iston okrug komissiyasi a’zolariga va Matbuot markazida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi va siyosiy jarayongan tayyorgarlik ko‘rishdagi tashkilish ishlarga yuqori baho berdilar.
Gʻ.Otajonov, “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring