Xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi
Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.
Poytaxtimizdagi Hilton anjumanlar markazida Oliy Majlis Senati, “Yuksalish“ umummilliy harakati hamda Konrad Adenauer fondi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi. Tadbir Oʻzbekistonda davlat qurilishining yangi bosqichi, demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyat vakillik organlaring rolini oshirish masalalariga bagʻishlangan.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva chiqish qilib, jamiyatimizda yangilanish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarda jamoatchilik oʻrni va ahamiyati yuksalib borishi lozimligini taʼkidladi. Bu borada “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori“ degan gʻoya kundalik hayotimizga kirib borishi kerak, deb soʻzladi oʻz nutqida T. Narbayeva.

Anjuman ishi davom etmoqda.
Munisxon Karimova, onlayn
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring