Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari taqdirlandi
Joriy yilning 28-iyul kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi anjumanlar zalida eng nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida soʻzga chiqqanlar tomonidan oʻz bilim va iqtidori bilan jahon miqyosidagi eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida tengdoshlari bilan raqobatga kirishayotgan, sovrinli oʻrinlarni egallab oltin, kumush, bronza medallarni olib kelayotgan yoshlarimiz safi kengayib borayotganligini faxr bilan qayd etildi.
Taqdirlash marosimida eng nufuzli xalqaro olimpiadalari gʻoliblari hamda 2021-2022 oʻquv yili davomida mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning sovrindorlari va ularning ustozlariga pul mukofotlari topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring