“Xalq soʻzi”ga havas

18:04 25 Iyun 2019 Jamiyat
1499 0

Barcha sohalarda boʻlgani kabi jurnalistikada ham ilgʻor tajribalarni oʻrganish, amaliyotda qoʻllashning ahamiyati katta, albatta. Shaxsan menda “Xalq soʻzi”,gazetasiga ixlos kuchli. Materiallari puxta-pishiqligi, rang-barangligi,oʻqimishliligi, dizayni oʻziga xosligi yoqadi.

2001-yili tuman hokimligining gazetasiga muharrir etib tayinlanganimdan buyon“Xalq soʻzi”ning haqiqiy muxlisiga aylanganman. Undan koʻp narsani oʻrganishga, faoliyatimda qoʻllashga intilyapmanki, natijalar chakki emas. Xalqaro va respublika miqyosidagi ijodiy tanlovlarda koʻp bor gʻoliblikka erishdik. Tumanimiz kichik boʻlsa-da, gazetamiz adadi 10 ming nusxagacha yetdi.

Respublikamiz bosh nashridan andoza olib, “Dunyo va davr”, “Maʼnaviyat va maʼrifat”, “Ijtimoiy-iqtisodiy hayot”, “Inson va qonun”, “Kitob va kitobxonlik”, “Tafakkur gulshani” deb nomlangan doimiy sahifalar tashkil etganmiz. Materiallar geografiyasiga, janrlariga, mavzularning ahamiyatliligiga, qiziqarli hamda taʼsirchanligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Necha yildirki, A-3 formatda chop etib kelinayotgan gazetamizni “Xalq soʻzi” singari katta hajmda va rangli chop etish ustida bosh qotirardim. 2019-yildan roʻyobga chiqdi orzuim. Buni barcha oʻquvchilarimiz hamda viloyatimizdagi hamkasblarimiz mamnuniyat bilan qabul qildilar. “Havas qilsang, yetasan”, deganlari shu boʻlsa kerak-da.

Qosimjon AKBAROV, “Mingbuloq” gazetasi muharriri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер