“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari jamoasi ham bir kunlik ish haqini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazib berdi

19:06 03 Aprel 2020 Jamiyat
1507 0

Arxiv surat

Mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurash boʻyicha keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda barcha kuch va vositalar, mablagʻ va resurslar epidemiya keng tarqalishining oldini olish, virus bilan kasallanganlarni tezroq salomatligini tiklash, yurtimizda sanitar-epidemiologik holatni barqarorlashtirishga yoʻnaltirilgan.

Bu tadbirlarni samarali amalga oshirish katta mablagʻ talab etadi. Shundan kelib chiqib, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari jamoasi ham koronavirusga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida bir kunlik ish haqini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazib berdi.

Siz ham aksiyaga qoʻshiling. Biz koronavirusni hamjihatlik bilan yengamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер