“Xalq soʻzi” gazetasining 2020-yil 12 avgust sonida qanday maqolalar eʼlon qilingani bilan qiziqyapsizmi?

01:32 12 Avgust 2020 Jamiyat
2308 0

Arxiv surat

1. “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 93,4 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti past darajada qolmoqda, 109 ming gektar sugʻoriladigan maydonlar oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan. “Sardoba” suv ombori toʻgʻonidan suv toshishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aksariyat suv xoʻjaligi obyektlari, shuningdek, “Markaziy Mirzachoʻl” kollektori va unga quyuluvchi kollektorlar jiddiy talafot koʻrdi”.

Gazeta sahifalarida eʼlon qilinayotgan “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, shu yoʻnalishdagi ishlar chuqur tahlil qilgani holda, bajarilishi zarur boʻlgan vazifalarni belgilab berdi.

2. “Qishloq xoʻjaligida qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish nima uchun muhim? Gazeta sahifalarida eʼlon qilingan “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori shu dolzarb masalaga oydinlik kiritib berayotgani bilan ahamiyatlidir.

3. Shu yilning 12-13-avgust kunlari yoshlar huquqlarini targʻib qilishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand veb-forumi tashkil etiladi.

Xoʻsh, Samarqand veb-forumi yoshlarga, Oʻzbekistonga nima beradi? Ushbu savolga javob topmoqchi boʻlsangiz nashrimizda xuddi shu mavzuda eʼlon qilingan maqola bilan tanishishni tavsiya qilamiz.

4. Soʻx — gʻoyat xushmanzara maskan. Bugun ushbu tumanda hayot shukuhi oʻzgacha namoyon boʻlyapti. Ayniqsa, hoziri paytlarda. Prezidentimizning maxsus qarori tufayli Soʻx oʻzgarish va ulkan yangilanish boʻsagʻasida. Fargʻona viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Mirzohid Ubaydullayevning “Soʻx tumani: oʻzgarishlar boʻsagʻasida” maqolasida ana shu dolzarb masala ochib berilgan.

5. “Temir daftar”. Uning yaxshi va yomon tomonlari nimada? Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Qahramoni Hasan Normurodovning “Oʻzligimizni koʻrsatadigan fursat” sarlavhali maqolasi shu savolga javob topish mumkin.

6. Sud-huquq tizimining tarkibiy qismi boʻlgan advokatura jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda advokatlarning kasbiy faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun yana nimalarga eʼtibor zarur? Muxbirimiz Ziyoda Ashurovaning “Advokatlar uchun ayrim talablarni bekor qilish taklif etilmoqda” maqolasida shular xususida zarur maʼlumotlarga ega boʻlasiz.

6. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish nega zarur? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ulugʻbek Vafoyev shu mavzudagi maqolasida davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirishda parlamentning rolini oshirish bilan bogʻliq bir necha masalalarga eʼtibor qaratilgan. Oʻqishni tavsiya qilamiz.

7. Har qanday hujjat mohiyatini soha mutaxassislari chuqur ochib bera oladi. Kecha Prezidentimiz tomonidan “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Xoʻsh, ushbu hujjatning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Muxbirimiz Rahim Sherqulov bu borada soha mutasaddilarining fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

8. Chumchuq soʻysa ham qassob soʻysin, degan maqol bejiz aytilmagan. Toʻgʻrimi? Huquqiy hujjatlarni ham oʻz egalari, tegishli soha vakillari tushuntirib bersa, bu boshqa gap. “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmuni ham aynan taalluqli yetuk mutaxassislar tomonidan ochib berilgan. Muxbirimiz Dilshod Ulugʻmurodovning mutaxassislar bilan boʻlib oʻtgan suhbatida qaror mohiyatiga oid barcha tushunchalarga oydinlik kiritilgan.

Gazetamiz bilan batafsil ushbu havola orqali tanishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер