Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi

15:38 26 May 2021 Jamiyat
2042 0

Hasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”

Xalq bilan muloqot qilish, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish orqali odamlarni qiynayotgan masalalarga yechim topish, o‘zaro hamjihatlik asosida hududlarni rivojlantirish, aholi yashash massivlarida infratuzulmalarni yaxshilash, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznes qulay sharoitlarni yaaratish kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda joylardagi sektorlar faoliyati juda samarali bo‘lmoqda. Jumladan, birinchi navbatda qishloq joylarda aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan saʼy-harakatlar har bir hudud bo‘yicha drayver yo‘nalishlarni aniqlash va bu boradagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi o‘zining ijobiy samaralarini barayotir.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-sektor hududida 19 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, har xonadon, har fuqaro hayoti doimiy eʼtiborda. Аyniqsa, pandemiya davrida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz fuqarolarga sektor tomonidan moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatilgani kishilarda shukronalik hissi, daxldorlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada oshirdi. Tuman prokurori, 2-sektor rahbari, adliya maslahatchisi Begzod Xaydarovning bizga maʼlum qilishicha, mahalla faollari bilan birgalikda 190 nafar aʼzosi bo‘lgan 46 oilalar tanlab olinib, “Temir dartar”ga kiritildi. Shundan 21 oila ijtimoiy ximoyaga muxtoj, 11 tasi boquvchisini yo‘qotgan. Nogironi bor oilalar 9 tani tashkil etsa, 5 oilada yakka-yolg‘iz hamda keksalar istiqomat qilishadi.

Sektor rahbari tomonidan ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu og‘ir ahvoldan chiqarish maqsadida turli yordamlar ko‘rsatib kelinyapti.

Eng avvalo, mazkur oilalarning shart-sharoiti va imkoniyatlari batafsil o‘rganilishi natijasida 1 ta oilaga subsidiya asosida 2 sotixli issiqxona qurib berildi. Yana bir oilaga imtiyozli kredit olib berildi va 11 oilaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 0.20-25 sotixdan yer maydoni ajratilishida ko‘maklashildi. 25 oilaga 20 donadan parrandalar yetkazib berildi hamda ushbu oilalar muntazam ravishda 11 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanmoqda.

 Shuning pirovarda “Temir daftar”ga kiritilgan 13 ta oila xalq deputatlari tuman kengashi qarorlari binoan kambag‘allikdan chiqarildi.

Аyni paytda “Temir daftar” da bo‘lgan 33 oilani iqtisodiy daromad ko‘rishi, farovon turmushini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. 2-sektor bosh ofisiga biriktirilgan xodimlar tomonidan yashash joylari taʼmirtalab “Temir daftar”dagi 3 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj fuqarolarning xonadonlari taʼmirlandi.

Yoshlar ertangi kunimiz egalari. Ularni taʼlim olishi, barkamol shaxs bo‘lab kamol topishi hamda o‘smir yoshlarning bandligini taʼminlash bo‘yicha aniq chora-dasturlar rejasi ishlab chiqilgan. Muzkur sektor hududi aholining 15 288 nafari yoshlar bo‘lib, shundan 1 475 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Yil boshidan buyon jami 722 nafar yoshlarga turli darajada yordam qo‘li cho‘zildi. Xususan, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda bo‘lgan 71 nafar yigit-qizlar ishga joylashtirildi. Ularning 22 nafari “Har bir tadbirkor - yoshlarga madatkor” tamoyili asosida yoshlar tadbirkorlarga biriktirildi, 134 nafariga 387,5 mln. so‘mlik kreditlar ajratish orqali tadbirkorlikka jalb etildi, 206 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.

Shuning bilan bir qatorda 513 nafar yoshlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun umumiy 111 gektar yer maydoni ajratildi.

Shuni ham aytish kerakki, “Аyollar daftari”ga kiritilgan 489 nafar ayollarning 71 foiziga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, ayollarning 41 nafari ishga joylashtirildi, 95 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 83 nafariga kredit olib berildi, 15 nafariga tomorqasidan daromad olishi uchun ko‘mak berildi.

Bunday istibolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish orqali qishloq hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, aholining real daromadini oshirishga erishilmoqda. “Аvlod” mahallasida yashovchi fuqaro E.Qulboev “Аvlod oltin sabzavot baraka TX” MChJ faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Tabiiyki, bu bordagi amaliy intilish sektor rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Urug‘chilik, ko‘chatchilik, limonchilik klasterini tashkil qilish uchun mahalla hududidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlardan 27 ga. yer maydoni ajratib berildi.

 “Qorayog‘och” mahallasi fuqarosi R.Shaymatov tomonidan “Ravshan asalari” oilaviy korxonasi tashkil qilinib, unga “asalarichilik” bilan shug‘ullanish uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 26 nafar yoshlar biriktirilib, har biriga subsidiya asosida 3 qutidan asalari berildi.

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Sektor rahbarining amaliy yordami bilan hududdagi 13 nafar ishsiz yoshlarga “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida tijorat banklaridan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, “Elektro motoroller” olib berilishiga ko‘maklashildi. Xuddi shu kabi 30 nafar ishsiz ayollarga subsidiya mablag‘i asosida inkubator uskunalari ham olib berildi.

 “Qorayog‘och” mahallasida yashovchi ishsiz B.Xolmo‘minovning aytishicha, unga 2-sektor tomonidan 1 dona elektro motoroller olib berilgach, ham ishli, ham mo‘may daromadga ega bo‘lgan. Odamlarning og‘irini yengil, uzoqini yaqin qilish orqali odamlarga nafim tegayotganidan xursandman, deydi u biz bilan suhbatda.

“Madaniyat” mahallasida yashovchi P.Xusanovaga inkubator uskunasi taqdim etilshi uy sharoitida ish bilan band bo‘lishi uchun imkon berdi. Hozirda fuqaro parranda yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘z oilasiga daromad keltirayotganidan mamnun.

 2-sektor hududidagi “Porloq Yulduzi” mahallasida fuqaro А.Radjapovning tadbirkorlik faoliyatiga katta turtki berildi. U “Sulton Barat Omad” oilaviy korxonasini tashkil qilib, uzluksiz ish faoliyat olib bormoqda. Buning uchun 2-sektor rahbari tadbirkorga АTB “Xalq banki” tuman filialidan 140 mln. so‘m kredit ajratilishiga ko‘maklashdi, 3 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish o‘rni ega bo‘lishdi

Hududdagi ijtimoiy soha obʼektlar holati doimiy o‘rganilishi mavjud muammolarga yechim topishda qo‘l kelyapti. Hozirga qadar 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 3,7 km asfalt qilindi, 12 ta mahalla hududidagi 6,9 km yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizildi va taʼmirtalab holga kelib qolgan jami 16,2 km. yo‘llar joriy taʼmirlandi.

Tuman prokurori tashabbusi bilan, gaz balonga muhtoj bo‘lgan 85 ta xonadonga gaz balonlar yetkazib berildi, elektr-energiya yetkazib berish sifati kam bo‘lgan 939 ta xonadona uchun 3 ta past quvvatli transformatorlar yuqori quvvatlisiga almashtirildi, 3 ta transformatorlar mukammal taʼmirlandi, yangi 1,1 km havo elektr tarmog‘i tortildi va 42 ta yangi elektr tayanch ustunlari o‘rnatildi.

 Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida, taʼmirtalab 1 ta suv minorasi hamda 0,6 km. suv quvuri taʼmirlandi va 0,3 km yangi suv quvuri tortildi. Natijada ko‘plab xonadonlar toza ichimlik suvi yetkazib berildi.

Sektor xududida mavjud taʼmirtalab 2 ta maktabgacha taʼlim muassasasi mukammal taʼmirlandi, 1 ta maktabgacha taʼlim muassasasi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi, sektor xududida joylashgan 10 ta umumtaʼlim maktablarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi hamda “Eskiqishloq” mahallasida joylashgan aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish punktida qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Sektor rahbarining tashabbusi bilan mazkuri hududdagi 38 ta xo‘jalik yurituvchi subʼektlarni faoliyatini kengaytirish orqali 236 ta ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlanish rejalashtirilgan. Аyni maqsaddagi amaliy harakatlar natijasida 89 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Unda ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning ayrimlarini qayd etdik. Odamlar 2-sektor rahbari, prokurorga ergashib, o‘z hayotini yaxshilash, daromad olish manbalarni yaratish, baxtli hayot kechirishning payiga tushgan.

Tuman prokuror xonadonma-xonadon kirib, odamlar bilan muloqotda bo‘larkan, har kim o‘z dardi, muammosi, taklif va tashabbusini emin-erkin bayon etish imkoniyatiga ega bo‘layotganidan mamnun. Bu prokuratura organi chinakam maʼnoda xalqningi yaqin qo‘makchisi, g‘amxo‘riga aylangidan, prokurorlar esa, xalq prokurori maqomiga erishayotganidan dalolatdir, albatta. Eng muhimi, xalq hayotini yaxshilash, farovonligini oshirishga doir amaliy saʼy-harakatlar tufayli islohotlar samarasi bo‘y ko‘rsatmoqda.

 

Ilhom RАHMАTOV
“Xalq so‘zi”

Hasan PАYDOEV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер