Xalq bilan muloqot: Mo‘ynoqda nima gaplar?
Hasan PAYDOYEV - "Xalq so'zi"
Ayollar orasida vujudga kelayotgan muammolarni hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini taʼminlash maqsadida “Ayollar” daftari shakillantirilgan edi. Joylarda daftarga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay va sektorlar kesimida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ishsiz, boquvchisini yo‘qotgan, 1-, 2-guruh nogironlari, uy-joy taʼmiriga muhtoj, doimiy turarjoysiz, nogironligi bo‘lgan bolalalrni tarbiyalayotgan yolg‘iz ayollar, shuningdek tibbiy, yuridik, psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan ayollarning barcha muammolari ushbu tizmda o‘z yechimini topayotganini Mo‘ynoq tumani misolida ko‘rishimiz mumkin.

Mo‘ynoq tumani ikkinchi sektorda yil boshida daftariga jami 72 nafar ayollar kiritilgandi. Bugungi kunga kelib «Ayollar» daftari bo‘yicha 100 foizlik natijaga erishgani hududda ayollar muamolarini qanday yechim topilayotganidan dalolat beradi.
— Uyma-uy yurishlari orqaligini ayollarning muammolariga yechim topish, ehtiyojlarini aniqlash va ularni bartaraf etish mumkin, — deydi Mo‘ynoq tumani prokurori, adliya katta maslahatchisi Komiljon Hasanov. —Daftarga kiritilgan ayollardan bandligi taʼminlanganlar 1 toifa bo‘yicha 50 nafarning 38 nafari bandligi taʼminlangan, 1,1 toifasi bo‘yicha 33 nafar ayollar ishga joylashtirdik, 1,2 toifasi bo‘yicha 4 nafaridan 4 nafar ayollar kasb-hunarga o‘qitildi, 1,3 toifasi bo‘yicha tadbirkorlik qilish uchun kredit olishda amaliy yordam so‘raganlar soni 1 nafar, shundan, kredit ajratilganlar soni 9 nafarni tashkil qiladi. “Jayxun” va “Talli-o‘zak” MFY hududlaridan joy ajratilib, junni qayta ishlash bo‘yicha 20 nafar ayollar ishga jalb qilganmiz.

Bundan tashqari hududda boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan ayollar ham eʼtibordan chetda qolmaganligini ko‘rish mumkin. Daftarga kiritilgan ushbu toifadagi ayollarga 735 ming so‘mdan jami 6 mln 615 min so‘m pul mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, uy-joy taʼmirlashga muhtoj ayollar uyining tom qismini to‘lig‘i bilan shifrlanib taʼmirlab berilganida ko‘rish mumkin.

Instagram sahifadagi fotolavhalar
“Xalq so‘zi”
Hasan PAYDOYEV olgan suratlar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring