Xakerlar tomonidan Argentina fuqarolari maʼlumotlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi
Foto: Illustrativ foto
Argentina hukumatining barcha fuqarolarning identifikatsiya kartalari maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi (Registro Nacional de las Personas, RENAPER) xakerlar tomonidan oʻgʻirlangan va internetga joylashtirilgan. Bu haqda “The Record” nashri xabar berdi.
Nomaʼlum kiberjinoyatchi Argentina hukumati resurslarini buzib kirganligini maʼlum qilgan va dalil sifatida kiberjinoyatchi «Twitter» ijtimoiy tarmogʻida 44 nafar taniqli shaxsning pasporti suratlarini joylashtirgan.
Ular orasida mamlakat prezidenti Alberto Fernandes, jurnalistlar, siyosatchilar va futbolchilar Lionel Messi va Serxio Aguerolar bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring