Xakerlar karantin paytida Zoom foydalanuvchilarini "nishon"ga oldi

14:17 01 Aprel 2020 Jamiyat
1607 0

Soʻnggi paytlarda Zoom soʻzidan nom sifatida foydalanayotgan shubhali domenlar soni koʻpayib bormoqda, deb xabar berdi Forbes Check Point Research tadqiqot kompaniyasi maʼlumotlariga asoslanib.

Qayd etilishicha, bu xakerlar videokonferensiya uchun servis nomini qoʻllagan holda odamlarning “millionlari”ni nishonga olishganini anglatadi.

Maʼlumki, Zoom ilovasi juda katta miqdordagi odamlarni uyda qolishi, masofadan turib ishlashga majbur qilgan koronavirus tarqalishi munosabati bilan butun dunyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham tez ommalasha boshladi.

Tadqiqotda aytilishicha, virus pandemiyasi boshlangandan buyon Zoom soʻzli 1700 ta domen roʻyxatga olingan.

Shulardan 25 foiz yangi domen oxirgi yetti kunda paydo boʻlgan. Kompaniya shulardan 70 tasini shubhali deb hisoblaydi. Qolaversa, bunday domenlar orasida zararli fayllar ham aniqlangan. Taʼkidlanishicha, shu kabi soxta ilovaning ishga tushirilishi qurilmaga boshqa zararli dasturlar oʻrnatilishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер