Xakerlar guruhi tomonidan “Instagram” akkauntlari noqonuniy egallanmoqda
Foto: Illustrativ surat
Soʻnggi vaqtlarda oʻzini “OBN Brandon” deb atovchi xakerlar guruhi tomonidan “Instagram” akkauntlarini egallab olinishi kuzatilmoqda.
Kiberjinoyatchi ijtimoiy tarmoqdagi shikoyatlar tizimidan foydalangan holda akkauntlarni maxsus dastur orqali sunʼiy ravishda oʻchirib tashlanishiga erishmoqda.
Xakerlar guruhi qoʻllayotgan ushbu noqonuniy uslub “Ban as a Service” deb atalib, bunda koʻp sonli shikoyatlar sababli “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntni avtomatik ravishda oʻchirilishiga sabab boʻlmoqda.
Xakerlar “Instagram”dagi akkauntni yoʻq qilinishiga erishganidan soʻng, uni tiklab berish uchun 5 000 AQSH dollari talab qiladi.
Talab qilingan pullarni qoʻlga kiritgan xakerlar guruhi oʻz vaʼdasini bajarmaydi va ushbu jarayonni bir necha bor takrorlab jabrlanuvchidan iloji boricha koʻproq pul undirib olishga harakat qiladi.
Kiberjinoyatchilar asosan koʻp sonli obunachilari mavjud ayollarning akkauntlarini egallab olishga harakat qilmoqdalar.
Buning asosiy sababi sifatida esa, ayollar tomonidan joylangan kontentlarda taqiqlangan mazmundagi matnlar yoki tasvirlar mavjud boʻlishi taʼkidlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring