Xayrli tashabbus qoʻllab-quvvatlanmoqda

10:57 02 Dekabr 2024 Jamiyat
197 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumanida 56 mingdan ziyod aholi xonadonlari mavjud. Ularni qoʻshimcha daromad manbaiga ega qilish va hududlarda yashil maskan yaratish maqsadida har bir xonadonga 4 tupdan tok koʻchatlari bepul tarqatilmoqda.

— Viloyatimizning Buloqboshi, Marhamat, Asaka tumanlarida aholi nafaqat tomorqadan, balki koʻchalardan ham unumli foydalanadi, — deydi “Gumbaz” MFYda istiqomat qiluvchi Otabek Sharipov. — Hisob-kitoblarga qaraganda, koʻchaning ikki chetiga ekilgan ikki tup tokning oʻzidan bir yilda oʻrtacha 4 mln. soʻmdan 10 mln. soʻmgacha daromad olish mumkin ekan. Shu bois tuman hokimligi tashabbusini aholi ham qoʻllab-quvvatlagan holda tok parvarishiga astoydil kirishmoqdamiz.

Ayni paytda uy egalari tomonidan koʻchatlarni ekish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер