Keniyada suv toshqinlari oqibatida 70 dan ortiq kishi halok boʻldi
Keniyadagi suv toshqinlari natijasida 71 kishi halok boʻldi, deb xabar berdi TASS mamlakat Milliy politsiya xizmatiga tayanib.
“Nayrobi eng koʻp jabr koʻrgan hudud boʻlib qolmoqda, bu yerda 36 kishi halok boʻldi”, — deyiladi xabarda.
Suv toshqinlari infratuzilmaning keng koʻlamli vayron boʻlishiga olib keldi, 2,6 mingga yaqin oila oʻz uylarini tark etishga majbur boʻldi.
Butun mamlakat boʻylab qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring