Kengash sessiyasi ilk marta jonli efirda berilmoqda
Ayni paytda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻn birinchi sessiyasi oʻtkazilmoqda. Sessiya ilk bor ijtimoiy tarmoqlar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etilmoqda. Bu haqda O'zA xabar berdi.
Sessiya kun tartibidan viloyatdagi sudlar faoliyatining 2020-yil yarim yillik yakunlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi holati boʻyicha 2020-yil yarim yillik yakunlari toʻgʻrisidagi axborotlari tinglanadi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyatini tashkil etish masalasi ham joy olgan.
Sessiya kun tartibidagi yana bir masala viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanishga qaratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring