Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi

19:09 26 Aprel 2022 Siyosat
1336 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Joriy yilda Navroʻz bayrami munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylar aholiga chegirma bergani, ziyorat obyektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki berdi.

Bu orqali Buxoro va Samarqandga qoʻshimcha 110 ming mahalliy turistlar bordi.

Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi.

Bu hududlarda ichki turizmni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyat.

Endi ushbu ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha yangi tartibni joriy etamiz», dedi Prezident.

Jumladan, 2022-yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер