Keles koʻprigida avtomobillar harakati toʻxtatildi

10:24 24 May 2021 Jamiyat
1371 0

Keles koʻprigi orqali avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik toʻxtatildi.

4R-4 «Toshkent sh. – Keles sh. –Qozoqkentsoy q. – M39» avtomobil yoʻli (820 km) Sariyogʻoch qishlogʻi shaxobcha avtomobil yoʻlida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, Keles yoʻli koʻchasi hamda Yuqori Koʻkterak koʻchalarini bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich (koʻprik) sunʼiy inshootida 2021-yil 23-may kuni soat 11-00dan taʼmirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinchalik toʻliq toʻxtatildi. 

Ushbu yoʻnalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlogʻi hududidan oʻtgan 4N-699 va 4K-702 avtomobil yoʻli orqali tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер