Keles yoʻli nomaʼlum muddatga yopildi
Toshkent tumani avtomobil yoʻllarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, tuman hokimining qaroriga asosan 26-oktyabr 24:00 dan boshlab taʼmirlash ishlari tugaguniga qadar, (4R-4 “Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkentsoy q.-M39 avtoyoʻli 820 km” avtomobil yoʻlining 0-2 kilometrlari) Keles koʻprigi (Toshkent xalqa yoʻli)dan 9-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi oldigacha boʻlgan qismida transport vositalari harakati vaqtinchalik toʻliq toʻxtatiladi.
Ushbu yoʻnalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlogʻi hududidan oʻtgan 4N-699 hamda M.Fozilov jamoa xoʻjaligi hududidan oʻtgan 4R-4 avtomobil yoʻllari orqali 4K-708a avtomobil yoʻli orqali tashkil etiladi (suratda yashil rangda).

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring