Kechagi abgor mahalla obod manzilga aylantirildi

12:02 22 Oktyabr 2024 Jamiyat
197 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Aholining bugungi kunidan minnatdor boʻlib yashashi uchun koʻp narsa kerak emas. Avvalo, manzilida, xonadonida qulay sharoit boʻlsa kifoya. Shu bois joylarda hududlar infratuzilmasini shakllantirish orqali hamyurtlarimizning kommunal sohalarga oid muammolari ijobiy yechim topmoqda. Buning uchun avvalo, elektr taʼminotidagi uzilishlarga chek qoʻyildi.

– Birinchi galda 270 ta eski simyogʻochlar yangi temir beton tayanchlarga almashtirildi, – deydi tuman elektr tarmoqlari idorasi muhandisi Sherzodbek Xojiakbarov. – Shuningdek, 1 ta yangi transformator punkti oʻrnatildi. 5 ta transformator va 12,4 km. tarmoqda taʼmirlash ishlari bajarildi. Buning natijasida hudud kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishga shay holatga keltirildi.

Mahallada 21 ta xonadonda toza ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq muammo mavjud edi. 450 metr masofaga tarmoq tortish orqali aholining mavzuga doir masalasi ijobiy yechim topdi. 2 km.dan iborat ichki yoʻlning asfalt qilinishi natijasida mahalladoshlarning uzoq yillik orzusi amalga oshdi.

Manzilda aholini doimiy daromadga yoʻnaltirish borasida ham ibratli ishlarga kirishildi. Jumladan, 5,5 gektardan iborat maydonda issiqxona barpo etilmoqda. Yaqindagina ish boshlagan tikuvchilik sexi 25 nafar chevar opa-singillarimizni bir jamoaga jamladi. Tez orada foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida 100 nafar bolajonlar tarbiyalanadi.

Bir soʻz bilan aytganda, muammolar girdobida qolgan “Choʻrtonliq” mahallasi bugun viloyatdagi eng obod manzilga aylantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер