Kecha yurtimizda yana 500 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

15:54 12 Fevral 2022 Jamiyat
572 0

2022-yil 11-fevral holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233000 (+504) nafarni tashkil etmoqda.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 216153 (+856) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1599 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 89 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер