Kecha yurtimizda yana 15 nafar kishida koronavirus aniqlandi
2022-yil 29-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239025 (+15) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 2 nafari Camarqand viloyatida,
— 3 nafari Toshkent viloyatida,
— 10 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Namangan viloyatida 3 nafar,
— Toshkent viloyatida 7 nafar,
— Toshkent shahrida 3 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237258 (+13) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring