Kecha yurtimiz boʻyicha faqat Toshkent shahrida 7 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
2022-yil 9-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238743 (+7) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Toshkent shahrida 4 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 236857 (+4) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring