“Kattaqurgʻonmi” yo Kattaqoʻrgʻon?

13:32 24 Iyun 2019 Jamiyat
2076 0

Foto: "Xalq so'zi"

Kattaqoʻrgʻon tumani Payshanba shaharchasidagi FHDYO boʻlimi binosida faoliyat koʻrsatayotgan 2-son davlat notarial idorasiga borgan shaxs, ushbu idoradagi “eʼtiborsizlik”larni koʻrib, taajjubga tushishi aniq.

Fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlida barchaga oʻrnak koʻrsatishi lozim boʻlgan mazkur muassasa peshtoqiga osib qoʻyilgan peshlavhadagi xatoliklar har qanday kishi taʼbini xira qiladi. Kattaqoʻrgʻon tuman soʻzi “Kattaqurgʻon”, anonim qutisi – “anonim qoʻtisi” va fuqarolar uchun eʼlon sifatida osib qoʻyilgan xabarnomalarda koʻplab imloviy xatolarni kuzatish mumkin.

Foto: "Xalq so'zi"

Notarial idora hududini obodonlashtirish ishlari mutasaddilar tomonidan oʻz holiga tashlab qoʻyilgani yetmaganidek, idoraning yongʻin xavfsizligi uchun oʻrnatilgan xavfsizlikni taʼminlash shkafi holati ham yongʻin xavfsizligi boʻlimi masʼullari eʼtiboridan chetda qolgan?

Ushbu idora misolida Samarqand viloyatidagi boshqa korxona va tashkilotlar rahbarlariga zaruriy xulosa chiqarish zarurligini eslatib oʻtishni lozim deb hisoblaymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер