Kattaqo‘rg‘ondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi

10:59 28 Mart 2023 Jamiyat
767 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani, Madrasa mahallasida yashagan bir oilaning 4 nafar a’zosi gaz portlashidan halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

2023 yil 17 mart kuni soat 5:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani, Madrasa mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini o‘t oldirganidan qisqa muddatli chaqnash kelib chiqqan.

Oqibatda, A.R, uning turmush o‘rtog‘i K.F, nabiralari I.A. hamda O.A. 50-60 foiz kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

2023 yil 26 mart kuni K.F. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A. RSHTYOIM Samarqand filialida vafot etgan. 2023 yil 27 mart kuni A.R. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi ma’lumotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер