Kattaqoʻrgʻonda ogʻufurush qoʻlga olindi
Joriy yilning 21-iyul kuni Kattaqoʻrgʻon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahrining Koʻhnadam mahallasida joylashgan uylarning birida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida K.M.ga tegishli boʻlgan 2 dona gugurt quti ichiga qadoqlangan oʻtkir hidli giyohvandlik moddasi, xona ichida mavjud boʻlgan sumkachadan 3 dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddasining urugʻi, ushbu xona ichida mavjud boʻlgan isitish pechining ichidan bir dona, 1 litr sigʻimli yelim idishda giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring