Kattaqoʻrgʻonda 30 ga yaqin ehtiyojmand insonlar uyli boʻldi
Foto: Abdulaziz Yo'ldoshev / Xalq so'zi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida oʻttizga yaqin nogironligi bor, chin yetim yoshlar, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga yangi uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi.
– Qizim bilan bir necha yildan buyon ijarama-ijara yurib rosa qiynaldik, - deydi uy sohibalaridan biri Zuhra Elmurodova. - Xotirjam kirib-chiqadigan oʻz boshpanang boʻlishi – katta baxt. Ayniqsa, qizimning quvonganini koʻrsangiz edi...
Ijara huquqi asosida berilgan uy-joylarni qurish va jihozlash ishlari shahar hokimligi tomonidan amalga oshirildi.
A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring