Katta yoshdagi insonlar nega koʻproq piyoda yurishi kerak?

13:02 30 Aprel 2024 Jamiyat
594 0

Soʻnggi yillarda dunyoda infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi xavfli noinfeksion xastaliklarga chalinish ortib bormoqda. Bunga asosan kamharakatlik sabab boʻlyapti.

— Noinfeksion xastaliklar jahonda nogironlik va oʻlimning asosiy sababi, — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻlim boshligʻi Barno Odilova javob berdi. — Bu muammoning oldini olish, organizmning sogʻlom boʻlishi uchun esa muntazam jismoniy faollik zarur. Inson tanasi uchun eng tabiiy va foydali mashgʻulot esa piyoda yurishdir.

Ayniqsa, u katta yoshdagi aholi orasida eng xavfsiz, hech qanday mablagʻ va alohida tayyorgarlik talab etmaydigan jismoniy faollik turi hisobanadi.

Doimiy piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi;

Kuzatuv yillari davomida muntazam ravishda piyoda yurgan kishilarda oʻlim holati ehtimoli oʻzini ortiqcha urintirmagan kishilarga nisbatan 32 foizga kam boʻlgan.

Harvard universitetining yetti keng koʻlamli tadqiqoti meta-tahliliga asosan ham shunga oʻxshash xulosa va raqamlar keltirilgan.

Harvardning 10 269 nafar bitiruvchisi orasida kamida 9 mil masofaga piyoda yurish (kuniga 2 км.дан ortiq) oʻlim xavfining 22 foizga kamayishiga toʻgʻri kelgan;

Tibbiyot sohasida ishlovchi 44 452 kishi orasida – kuniga kamida 30 daqiqa piyoda yurganlar yurak ishemik kasalliklar xavfiga 18 foizga kamroq chalinishgan;

72 488 tibbiyot hamshirasi orasida haftasiga 3 soat piyoda yurgan xodimlarda yurak xuruji – 35 foizga, insult xavfi 34 foizga kam boʻlgan.

London universitetining ikki olimi piyoda yurishning organizmga taʼsirini oʻrganish uchun 1970-yildan 2007-yilgacha boʻlgan barcha tadqiqotlar meta-tahlilini oʻtkazdi. Bunda 500 000 kishi ishtirok etib, ular oʻrtacha 12-yil davomida kuzatilgan. Tahlil natijalariga koʻra, ular quyidagi xulosaga keldi:

Asab tizimi – miya faoliyati, harakat va koordinatsiyani yaxshilaydi, asab hujayralari kislorod bilan boyitadi, tinchlantiradi, uyqu meʼyorlashadi. Depressiya xavfini 30 foizga, Alsgeymer kasalligini 40 foizga kamaytiradi.

Yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimining holatiga taʼsiri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va boʻshashishi qon va limfa oqimini faollashtiradi, tomirlar kengayishining oldini oladi.

Harakat-tayanch tizimi – metobolizmni oshiradi, ortiqcha kaloriyani yoʻqotadi va mushak massasi ortadi. Yurish taʼsiri ostida suyak toʻqimasining tiklanish jarayonlari faollashadi, bu suyak mineral zichligini oshishiga olib keladi. Boʻgʻimlardagi ogʻriqni kamaytirib, harakatchanlikni oshiradi, ularni oʻrab turgan mushaklarni kuchaytiradi.

Nafas olish tizimi – oʻpka ventelyatsiyasini yaxshilab, hajmini oshiradi. Koʻkrak qafasi mushaklari nafas olish jarayoniga jalb qilingani sababli oʻpkaning ekskursiyasi kuchayadi va kislorod almashinuvi 30 foizga oshadi.

Ovqat hazm qilish tizimi – oʻt pufagi va ichaklar toʻlqinli harakatlarining oshishi tufayli oʻt qopida tosh paydo boʻlishi va qabziyatning oldini oladi.

Endokrin tizimi – yurganda mushaklar energiyani yogʻlarning oksidlanishi va uglevodlarning parchalanishi hisobiga oladi. Bu ortiqcha vazn yoʻqotishda samarali taʼsir koʻrsatadi va qandli diabet kasalligining oldini oladi.

Muntazam yurish immunitetni mustahkamlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер