Katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish texnologiyalari joriy etiladi
2023-yil 27-noyabr kuni Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan kelgan ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish texnologiyalarini, xususan, IBM Cognos Analytics tizimini yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida soliq xizmati organlarida shakllangan maʼlumotlarni tahlil qilish uchun ushbu tizimni joriy etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, hisobot shakllarini yaratish, biznes jarayonlarni modellashtirish orqali qarorlarni qabul qilish boʻyicha soliq sohasi vakillarining koʻnikmasini oshirishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring