Katta Fargʻona kanalida choʻkib ketgan oʻsmir yigit murdasi ikki oydan ziyod vaqt oʻtib topildi
Xabaringiz bor, 2020-yilning 22-dekabr kuni Fargʻona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Boʻtqachi qishlogʻida yashovchi 17 yoshli A. A. oʻzini Katta Fargʻona kanaliga tashlab choʻkib ketgan edi.
Bu holat yuzasidan mahalliy hokimlik idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uzoq muddat davomida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Qidiruv ishlari viloyatning oʻnta tumani hududi boʻylab amalga oshirildi.
- Kuni kecha bu yigitning murdasi topildi,- deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov. – Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring