Kasb-hunar maktabida yangi oʻquv yili boshlandi
Andijon tumanidagi 3-kasb-hunar maktabida pandemiya sharoitida karantin qoidalariga amal qilgan holda yangi oʻquv yili boshlandi. Bungacha binoda taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy sharoit yaratildi.

— Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonasida ish oʻrganganman,-deydi maktab oʻquvchisi Nodirbek Ashurmatov. – Ushbu maktabda qiziqishlarim boʻyicha yetarli malaka olib, yetuk mutaxassis boʻlmoqchiman.
Nodirbek singari 230 nafar yigit-qizlar bilim dargohida avtomobillarni taʼmirlash chilangari, elektr jihozlariga xizmat koʻrsatish va tikuvchilik kabi yoʻnalishlarda hunar oʻrganmoqdalar. Buning uchun 61 nafar tajribali pedagog va ustozlar jalb etilgan. Kelgusida oʻquvchilar sonini 720 nafarga yetkazib koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring