Kasallanishlar soni yana ortdi: kecha yurtimizda 59 nafar kishida koronavirus aniqlandi
2022-yil 16-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239435 (+59) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 2 nafari Andijon viloyatida,
— 1 nafari Buxoro viloyatida,
— 2 nafari Samarqand viloyatida,
— 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
— 1 nafari Fargʻona viloyatida,
— 4 nafari Toshkent viloyatida,
— 45 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
— Fargʻona viloyatida 1 nafar,
— Toshkent viloyatida 2 nafar,
— Toshkent shahrida 32 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237549 (+37) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring