Kartoshka importi qariyb 84 ming tonnaga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 38,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 331,6 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 83,7 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:
— Eron – 121,7 ming tonna;
— Qozogʻiston – 95,4 ming tonna;
— Pokiston – 81 ming tonna;
— Qirgʻiz R. – 17,4 ming tonna;
— Niderlandiya – 10,6 ming tonna;
— Rossiya – 4,4 ming tonna;
— Fransiya – 616 tonna;
— Afgʻoniston – 374,6 tonna;
— Germaniya – 66,3 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring