Kartoshka importi qariyb 42 ming tonnaga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning dastlabki 2 oyida Oʻzbekiston kartoshka import qilgan davlatlar:
— Pokiston – 91,3 ming tonna;
— Qozogʻiston – 12,6 ming tonna;
— Eron – 5,2 ming tonna;
— Rossiya – 4,4 ming tonna;
— Qirgʻiz R. – 4,3 ming tonna;
— Afgʻoniston – 4 ming tonna;
— Belarus – 631,6 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring