Kardiologlar havoning ifloslanishi jiddiy yurak xastaligiga sabab boʻlishini aytishmoqda
Foto: Reuters
Ifloslangan havo hayot uchun xavfli aritmiya kasalligini rivojlanishiga sabab boʻladi. Bu haqda Yevropa kardiologlar jamiyati kongressida italiyalik shifokorlar aytib oʻtishdi.
Tadqiqotchilar Italiyaning eng ifloslangan shaharlardan biri boʻlgan Piatsensada aritmiya holatlarini oʻrganishdi. Bu yerda havoning ifloslanish darajasi 20,8 mkg/m3ni tashkil etadi. Tadqiqot uchun mutaxassislar yurak xurujidan keyin defibrillyator oʻrnatilgan bemorlarni tanladilar.
Maʼlum boʻlishicha, oʻrtacha meʼyor konsentratsiyasining 1 mkg/m3ga oshishi bilan aritmiya ehtimoli 1,5 foizga oshgan. Shuningdek, hafta davomida xavfli zarrachalarining oʻrtacha darajasi 1 mkg/m3dan koʻpayganda, aritmiya rivojlanish xavfi 2,1 foizga oshgan.
“Iflos havo zarrachalari yurak mushaklarining oʻtkir yalligʻlanishiga hamda aritmiyaga olib kelishi mumkin. Ular elektr stansiyalari, sanoat korxonalari va avtomobillar tomonidan chiqariladi. Odamlarni zaharli havo zarralaridan himoya qilish yashil loyihalar zarur”, deydi mutaxassislar.
Shifokorlar yurak xastaligi bilan ogʻrigan bemorlarga havoning ifloslanish darajasi 35 mkg/m3 va 50 mkg/m3 dan yuqori boʻlsa uyda qolishni, toza ochiq havoda sayr qilishni, transport zich boʻlgan joylarda esa tibbiy niqob taqishni, uyda esa havo tozalagichlardan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring