Kardiologiya yoʻnalishida 36 turdagi yangi innovatsion amaliyotlar viloyat darajasida joriy qilindi

10:43 06 Mart 2023 Jamiyat
537 0

Foto: Illustrativ foto

— Shifokorlarimizdan iborat mobil guruhlar tomonidan oʻtgan 2022-yil mamlakatimizning 288 ta hududida 11 ming 906 nafar aholi oʻrtasida tibbiy koʻriklar oʻtkazildi, — dedi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari Anvar Karimov.

Xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash boʻyicha PEN protokoli asosida 18-40 yoshli va 40 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirokidagi skrining tekshiruvlari yakunida qandli diabet, ortiqcha vazn, yuqori qon bosimi kasalliklari aniqlangan bemorlarga markazimizning malakali mutaxassislari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, 420 nafar kishida murakkab va yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Bundan tashqari, oʻtgan yil yurtimizning barcha viloyatlarida ilk bor yurak nuqsonlarini endovaskulyar yoʻl bilan berkitish, periferik tomirlarda endovaskulyar va kam invaziv operatsiyalarini bajarish yoʻlga qoʻyildi.

Viloyat darajasida 36 turdagi, tuman darajasida 8 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarining amaliyotga tatbiq qilinishi esa yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan ogʻir bemorlarning oʻz hududlarida dardidan xalos boʻlishlariga zamin yaratmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер