Karantin davrida isteʼmolchilar qaysi sohadan koʻproq norozi boʻldi?
Karantin davrida isteʼmolchilar qaysi sohadan koʻproq norozi boʻlgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, 2020-yilning 30-mart – 10-may holatiga fuqaro (isteʼmolchi)lardan jami 395 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 280 tasi ogʻzaki, 4 tasi yozma, 111 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.
Mazkur ariza va shikoyatlarning 374 tasi yaʼni toʻliq ijobiy hal qilingan boʻlib, qolganlari ijro nazoratiga olingan.
Mazkur murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, quyidagi koʻrinish kasb etadi.
Isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 218 tasi (55,2 foiz) savdo sohasiga, 22 tasi (5,6 foiz) gaz taʼminoti sohasiga, 34 tasi (8,6 foiz) elektr taʼminoti sohasiga, 15 tasi (3,8 foiz) suv taʼminoti sohasiga, 13 tasi (3,3 foiz) kommunal xizmat sohasiga, 0 tasi (0,0 foiz) sogʻliqni saqlash sohasiga, 62 tasi (15,7 foiz) xizmat koʻrsatish (servis) sohasiga, 3 tasi (0,8 foiz) transport sohasiga, 27 tasi (6,8 foiz) aloqa (va internet) sohasiga, 1 tasi (0,3 foiz) esa boshqa sohalarga toʻgʻri kelishini koʻrishimiz mumkin.
Istʼmolchi sifatida xaq huquqingiz buzilsa Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishoch raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring