Karantin vaqtida ishga velosipedda qatnash mumkinmi?
arxiv foto
Ishga borib-kelish maqsadida velosipedda harakatlansam boʻladimi? Yonimda maʼlumotnoma va shaxsimni tasdiqlovchi hujjatlarim boʻlsachi? Ushbu savolga Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Gʻaybullo Primov javob berdi.
“Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020-yil 6-aprel soat 06:00 dan eʼtiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklangan.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor koʻrigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
Agarda Siz oʻzingiz taʼkidlab oʻtgandek velosipedda belgilangan tartibni buzmasdan, ishga borib kelsangiz, u holda Sizga nisbatan hech qanday maʼmuriy choralar qoʻllanmaydi”, deydi Primov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring