Karantin: Turkiyada toʻy va boshqa marosimlar taqiqlandi

11:13 04 Sentyabr 2020 Dunyo
1407 0

Turkiya hukumati koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida butun mamlakat boʻylab karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda. Unga koʻra, mamlakatning barcha hududida toʻy va unashtiruv marosimlari kabi ijtimoiy yigʻinlar taqiqlandi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi 81 ta provinsiyada juma kunidan boshlab odamlar koʻpchilik boʻlib yigʻiladigan bunday yigʻinlar taqiqlanishini maʼlum qilgan. Nikohni roʻyxatdan oʻtkazish marosimiga ruxsat berildi, lekin uning vaqti bir soatgacha qisqartirildi.

Turkiya Sogʻliqni saqlash vazirligi ayni paytda mamlakatda koronavirusning ikkinchi avj nuqtasi yuz berayotganini maʼlum qildi. Vazirlik COVID-19 ga chalinganlar yana keskin tarzda koʻpayganiga odamlarning toʻylar va bayramlardagi ommaviy yigʻilishlarini sabab qilib koʻrsatmoqda. Yangi cheklovlar ham aynan shuning uchun joriy qilingan.

Hozirda Turkiyada koronavirusga chalinish boʻyicha kunlik koʻrsatkich 1500 tadan ortmoqda. Turkiyada bunday holat iyun oyining oʻrtalarida qayd etilgan va shundan keyin yangi kasallanganlar soni kamaygandi.

Bu mamlakatda koronavirus ilk marta mart oyida qayd etilgan boʻlib, ayni paytda uni yuqtirib olganlar 273 mingdan oshib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер