Karantin tartibini buzganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

22:24 08 Mart 2020 Dunyo
1410 0

Foto: www.google.com

Koronavirus tarqalgan mamlakatlardan kelganlar izolyatsiya tartibini buzadigan boʻlsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Moskva sogʻliqni saqlash departamenti saytida maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.

Rossiyada oʻtgan sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq uchta holat qayd etildi, deb xabar bergan Interfaks. Rossiyada ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 17 nafarga yetdi. Kasallik bilan bogʻliq yangi holatlar Moskva, Kaliningrad va Belgorod viloyatlarida roʻyxatga olingan.

Maʼlum qilinishicha, Rossiya hukumatining farmoyishi bilan, koronavirus infeksiyasi atrofdagilarga xavf soluvchi kasallik deb belgilangan, sanitariya-gigiyena choralarini buzish esa Rossiya jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jazolanishga olib keladi.

“Tartibga rioya qilinishi videokuzatuv yordamida nazorat qilinadi, tartibni buzgan fuqaro observatorga joylashtirilishi koʻzda tutilgan“, — deyiladi saytda.

Qayd etilishicha, bu qoida turistlar va Moskvada registratsiyadan oʻtmaganlarga ham taalluqli.

Qonunchilikning buzilishi javobgarlikka, jumladan, 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga olib keladi.

Saytda aytilishicha, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniyadan kelganlar maxsus telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali uydan chiqmasdan tibbiy varaqa olishi mumkin.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер