Kar va zaif eshituvchi yoshlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻoliblari aniqlandi

12:21 22 Iyul 2022 Jamiyat
746 0

Foto: Xalq ta`limi vazirligi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-20-iyul kunlari Kar va zaif eshituvchi yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati (oʻgʻil va qizlar) oʻz nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internatning 10-sinf oʻquvchisi Marsel Shayusupov, qiz bolalar oʻrtasidagi bahslarda esa Toshkent shahridagi 106-sonli maktab-internatning 8-sinf oʻquvchisi Jasmina Qobiljonova mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Gʻoliblar diplova va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Musobaqada 1-3-oʻrinni egallagan oʻquvchilar joriy yilning sentyabr oyida Polsha davlatida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер