Kanadada haydovchi mashinasida 9 kishini bosib ketdi, ular orasida bolalar ham bor
Kanadaning Monreal shahrida bir erkak mashinasida toʻqqiz kishini, shu jumladan, bolalarni urib yubordi, politsiya uni hibsga oldi.
Shahar politsiyasi maʼlumotlariga koʻra, 38 yoshli erkak chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12.45 da birinchi piyodani urib yuborgan, shundan soʻng u voqea joyidan qochib ketgan. Keyinchalik u yana 8 kishini urib ketgan.
Politsiya vakili Manuel Kutyurning soʻzlariga koʻra, barcha jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, haydovchi piyodalar yoʻlagida tezlikni oshirmagan holda yurgan va yoʻlida uchragan odamlarni urib yuborgan.
Ammo hibsga olingan shaxsning alkogol yoki giyohvandlik holatida harakat qilganligi toʻgʻrisida dalillar yoʻq. Hozirda hodisa sabablari boʻyicha tergov davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring