Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari byurosi direktori bilan uchrashdi

16:02 18 Oktyabr 2023 Jamiyat
373 0

Foto: Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari byurosi direktori Mixail Pushkin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda XMT bilan hamkorlikda “Ish oʻrinlarini yaratish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun Global akselerator” hamda “Better Work” dasturlari doirasida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Xususan, endilikda quyidagi sohalarda hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

2024-yilda Xizmat koʻrsatish sohasida mehnat sharoitlarini oʻrganish boʻyicha mustaqil monitoring amalga oshiriladi;

Aholi bandligi va ishsizlik darajasini aniqlash boʻyicha yangicha yondashuv joriy etiladi;

Bandlik sohasida gender tenglikni ilgari surish hamda ayollar bandligiga koʻmaklashish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba joriy etiladi;

Norasmiy bandlikni qisqartirish hamda norasmiy sektorda band boʻlgan aholining ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqiladi;

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa va Amerika mamlakatlariga eksportini yoʻlga qoʻyish uchun xalqaro brendlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi;

Kelgusi yil boshida Germaniya Hukumati koʻmagida Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan loyihaga start beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер