Kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi eng koʻp uchrayotgan kasalliklar va murojaatlardan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda — SSV
Bugun yurtimizda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, aholiga ixtisoslashtirilgan xizmatlarni yaqinlashtirish va koʻlamini kengaytirish maqsadida:
markazlar soni 10 tadan 25 taga, ularning hududiy filiallari 2 tadan 270 taga oshirildi. Buning natijasida ushbu muassasalar tomonidan amaliyotga tatbiq qilingan yangi innovatsion usullar soni 260 tadan 2 084 taga ortdi;
teletibbiyot orqali hududlarda maslahat berilgan bemorlar soni 2020-yilda 8 952 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, 2022-yil yakuniga koʻra, bu koʻrsatkich 25 231 nafarga yetdi;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 75 oʻrinli zamonaviy operatsion blok qurilib, foydalanishga topshirildi;
46 ta oilaviy shifokor punkti va 35 ta mahalla tibbiyot punkti ochildi va 250 ming nafar aholiga birlamchi tibbiyot yaqinlashtirildi.
Maʼlumot oʻrnida bugungi kunda yurtimizdagi 9 370 ta mahalladan 6 359 tasiga (67 foiz) eng yaqin tibbiyot muassasalari 3 km. gacha boʻlgan masofani tashkil qiladi.
2023-2024-yillarda qoʻshimcha 1373 ta tibbiyot muassasasini tashkil etish rejalashtirilgan. Natijada 90 foiz mahallada eng yaqin tibbiyot muassasagacha boʻlgan masofa 3 km.gacha va 10 foiz mahallada esa 5 km.gacha boʻladi.
Aytish lozimki, davlat tomonidan bepul koʻrsatiladigan “kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi” eng koʻp uchrayotgan kasalliklar va murojaatlardan kelib chiqqan holda shakllantirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring