K.Adenauer nomidagi Jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha Vakolatli vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-yil 15-oktyabr kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Konrad Adenauer nomidagi Jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha Vakolatli vakili Ronni Xayne bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Konrad Adenauer nomidagi Jamgʻarma bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama etildi.
Shuningdek, parlamentarizmni rivojlantirish, parlament delegatsiyalarining oʻzaro almashinuvi, Germaniya Bundestagi faoliyati tajribasini oʻrganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring