YTH natijasida yoʻlovchi vafot etdi
Xorazm viloyati sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi natijasida yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16-aprel kuni soat 23:20 larda Xorazm viloyati Shovot tumani Paxtakor mahallasi hududidan 1987-yilda tugʻilgan S.Q. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, belgilangan oraliq-masofani saqlamagan. Shu sababli ushbu yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1970-yilda tugʻilgan F.R. boshqaruvida boʻlgan “MTZ-80” rusumli traktor tirkamasining orqasiga kelib urilib, YTH sodir qilgan.
Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasining yoʻlovchisi 1986-yilda tugʻilgan L.X. olgan tan jarohatlari bilan YTH joyida vafot etgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi S.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring