Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish va sayohat qilishi uchun aeroport tanlash imkoniyati yaratildi — Uzbekistan Airways
2023-yil 1-oktyabrdan Uzbekistan Airways Moskva shahridan/ga uchib ketayotgan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish va sayohat qilish uchun aeroport tanlash imkoniyatini yaratish maqsadida Domodedovo va Vnukovoga parvozlarni amalga oshiradi.
HY601/602 va HY603/604 aviaqatnovlari Toshkentdan Domodedovo xalqaro aeroportiga (DME) amalga oshirilishi davom etadi.
Toshkentdan Moskvaga va ortga qaytuvchi HY613/614, HY611/612, HY9613/9614 va HY9813/9814 aviaqatnovlari, shuningdek Fargʻona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch va Nukusdan Moskvaga va ortga qaytuvchi qatnovlari Vnukovo xalqaro aeroportiga (VKO) amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring