Yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari oshdi

10:16 14 Aprel 2022 Jamiyat
727 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning mart oyida yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari fevral oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,7 foizga qimmatlashgan.

Yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,2 foizga oshgani kuzatilgan.

Poyezdlarda yoʻlovchi tashish narxlari bir oyda oʻrtacha 0,2 foizga oshgan.

Shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,1 foizga qimmatlashgan.

Bir oy davomida metro, tramvay va shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlarida oʻzgarish kuzatilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер