“Yilning eng yaxshilarini taqdirlash” marosimi tashkil etildi
Timur Kapadze Oʻzbekistonning 2025-yilgi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Ilk bor Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb eʼtirof etildi”, — deyiladi manba xabarida.
Maʼlumot uchun, Kapadze 2022 va 2024-yillarda ham ushbu eʼtirofga loyiq koʻrilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring